10:53 / 12.05.2019
4 052

Said-Abdulaziz Yusupovga nisbatan qamoq ehtiyot chorasini qo‘llash masalasi ko‘rilmoqda

Said-Abdulaziz Yusupovga nisbatan qamoq ehtiyot chorasini qo‘llash masalasi ko‘rilmoqda
Foto: «Xabar.uz»
O‘zbekiston Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori Said-Abdulaziz Yusupov 10 may kuni Jinoyat kodeksining 168-moddasida ko‘zda tutilgan firibgarlik faktlari aniqlanganligi yuzasidan ushlangan. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmatiga tayanib «Daryo» ma’lum qildi.

Ma’lum qilishlaricha, Said-Abdulaziz Yusupov tomonidan juda katta miqdordagi ziyonni ko‘zda tutuvchi firibgarlik faktlarining sodir etilganligi aniqlanganligi nuqtai nazaridan hozirda unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilishi masalasi ko‘rilmoqda.

Aniqlanishicha, bu firibgarlik holati Yusupov tomonidan sodir etilgan retsidiv jinoyat hisoblanadi. U avval xam Jinoyat kodeksining shu moddasi bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortilganligi aniqlangan.

«Yusupov o‘zini yolg‘ondan Davlat xavfsizlik xizmati mas’ul xodimi deb bildirib, uzoq vaqt davomida firibgarlik yo‘li bilan odamlardan juda katta miqdorda pul olganligi faktlari aniqlangan», — deyiladi Bosh prokuratura axborotida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Said-Abdulaziz Yusupovga nisbatan qamoq ehtiyot chorasini qo‘llash masalasi ko‘rilmoqda