date
views 4 530

Yelkasiga jannatni ortgan yigit

Yelkasiga jannatni ortgan yigit
Yuzidan nur yog‘ilib turgan bu otaxondan duo so‘rayotib:
– Dunyoning butun og‘irligi yelkamga yuklangandek, go‘yo,- dedim. Soxta po‘pisa bilan qulog‘imdan cho‘zib qo‘yar ekan:

– Dunyoning yuki hammamizning ortimizda, - dedi. - Lekin Jannatni yelkalab olish hammaga ham nasib etavermaydi.

“Jannatni qanday yelkaga ortish mumkin” deya o‘ylayotgandim otaxon fikrini izohladi. Aytishicha, bir necha kun avval yelkasiga jannatni ortib olgan yigitni uchratgan ekan. Yigit yaqin oradagi qishloqlardan birida yashar va har juma kuni shaharga tushib bir binoga kirib o‘tardi.

Juma kuni namozdan chiqdimiu, otaxon aytgan binoga kirdim. Aslida bu yerni avval ham bilardim. Yuqoridagi qavatlarda ko‘plab doktorlar bor edi. Va bu yerga har kuni son-sanoqsiz bemorlar kelishiga qaramay, lift eshigiga “Ta’mirlanmoqda!” degan yozuv ilinib turardi. Gap shundaki, ta’mirlanayotgan liftlar doktorlar cho‘ntagidagi kichkina kalit bilan ishlab ketsa-da, xastalar buni bilmasdilar.

Otaxon yigitni eng yuqoridagi qavatda ko‘rganini aytgandi edi. Shuning uchun men ham uni yuqori qavatda kutib turdi. Bir payt pastdan qadam tovushlari quloqqa chalindi. Qiziqishimni yengolmay pastga qaragandim, hamonoq jannatni yelkasiga ortgan yigitni farqladim. Bo‘ylari baland, qotmadan kelgan, chehrasi biroz so‘lg‘in yigit edi. Keksa onasini opichlab olgancha, men turgan qavatga tirmashayotgan edi. Onasi kuchsiz qo‘llarini o‘g‘lining bo‘ynidan aylantirib olgan, boshini orqasiga yaslagandi.

Sirtidagi muqaddas yukni bezovta qilishdan cho‘chib, yigitga yordam berishdan chekindim. Yuqori qavatga chiqqanida yigitga:

– Alloh sendan rozi bo‘lsin, ukajon. Jannatni yelkangda ko‘tarib yurganingni bilasanmi?- dedim. Yigitning terga botgan nurli yuzi o‘zgacha tabassumdan yorishdi. Lekin negadir menga javob qilmadi. Ammo Robbimga ma’lumki, bu iliq tabassumda mutlaqo o‘zgacha baxtiyorlik aks etardi. Balki Hashir va Sirotdan keyin jannatga uchgan insonlarning baxtiyorligi edi bu.

“O‘rda uyi” ro‘parasidagi besh qavatli binoda guvohi bo‘lgnaim bu hodisa, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: “Ota-onasi yoki ulardan biri hayot bo‘la turib, Jannatga erishmaganlarga hayronman” tarzidagi hadislarini eslatadi bizga. Bu hadisga quloq tutib, amal qilganlar juda saodatlidirlar...
Junayd Suavi
Umida Adizova tarjimasi

Manba: Azon.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yelkasiga jannatni ortgan yigit