4 892
Nukusda bayroqlar oldida kiyimsiz holda video tasvirga tushgan o‘smirlar 15 sutkaga qamaldi
Foto: «Kruz.uz»
Internet tarmog‘ida Nukus shahrida davlat ramzlari oldida kiyimsiz (ich kiyimda) o‘zini ko‘z-ko‘z qilib, jarayonni videoga tushirgan o‘smirlar tasvirlari tarqaldi.
«Kruz.uz» saytining yozishicha, 9 may kuni 21:30 lar atrofida nukuslik o‘smir yigit shahar markazida joylashgan 55 metrlik O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalarining davlat bayroqlari oldida borib yechina boshlaydi. Keyin kiyimsiz (ich kiyimda) holatda davlat ramzlari atrofida o‘zini ko‘z-ko‘z qilib, kula-kula yugurib aylanib chiqadi. Bu paytda markaziy maydonda bir qancha odamlar ham bo‘lgan. Video kechasi olingan bo‘lib, voqealar I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyi atrofida yakuniga yetadi.
Foto: «Kruz.uz»
Nukus shahar IIO FMB boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Sitanov Anvar ma’lumot berishicha, 9 may kuni soat chamasi 21:30 lar atrofida Nukus shahri markazidagi 55 metrlik davlat bayroqlari o‘rnatilgan maydonda 3 ta o‘smir: 1998 yilda tug‘ilgan S.B., 2000 yilda tug‘ilgan N.U. hamda O‘.A.lar jamoat joylarda yurish-turish koidasini kasddan mensimasdan yechingan holda video tushib uni ijtimoiy tarmoqlarga joylagan.
Ushbu holat yuzasidan bugun, 11 may kuni sud jarayoni bo‘lib o‘tdi. Shumanoy tumani Mamuriy sudi raisi Koщanov Arman Baxitbayevich tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning XV bobidagi 183-moddasini qo‘pol ravishda buzganligi uchun yigitlarning har biriga o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi