Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurotov byudjet sohasidagi ishchilarning oylik maoshlarini to‘liq plastik kartaga o‘tkazilishi haqidagi rejalari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda u Xalqaro press klubning navbatdagi yig‘ilishida ma’lum qildi, deb xabar beradi «Gazeta.uz».
«Hozir Toshkentda Humo to‘lov tizimi ishga tushirilmoqda. Bizning asosiy maqsadimiz – maoshlarni to‘liq plastik kartaga o‘tkazishdir. Hozir 2000 dan ortiq bankomatlar olib kelinmoqda va ularga dasturiy ta’minotlar o‘rnatilmoqda. Biz naqd valyutani bankomatlar orqali olish uchun sharoit yaratamiz. Humo tizimi ishga tushganidan keyin ushbu masala to‘liq hal bo‘ladi», — dedi Markaziy bank rahbari.
Nurmuratov aytishiga qaraganda, tijorat banklari maoshgacha qarz berib turish hamda kredit kartalarni ishga tushirishni joriy etishni boshlab yuborgan.
Avvalroq, Markaziy bank rahbari nafaqa pullarini naqd ko‘rinishda berilishini to‘xatatish va har bir mahalla hamda xizmat ko‘rsatish joylariga bankomatlar o‘rnatish borasidagi rejani ma’lum qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi?
Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi