Farzand. Ota-ona uchun qanchalik qadrli ne’mat. Ammo farzand faqatgina ota-ona bag‘rida ularning har ikkisining mehri bilangina o‘zini baxtli his qiloladi. Ammo ayrim sabablarga ko‘ra oilada kelishmovchiliklar yuzaga kelganda eng katta ma’naviy zararni farzand olishiga to‘g‘ri keladi. Ota-ona ajrashganda esa...
B.S. va F.N. 2014 yilda oilaviy kelishmovchiliklar sabab ajrashdi va 2 nafar farzand ona qaramog‘ida qoldi. 2019 yil yanvar oyida esa 7 yoshli Marjona otasining uyiga qochib keldi... Nega?
F.N.ning arizasiga asosan 2019 yil 18 mart kuni Fuqarolik ishlar bo‘yicha Chiroqchi tuman sudi tomonidan Marjonani onasiga olib berish haqida sud buyrug‘i chiqarildi.
Ushbu ijro hujjatiga asosan farzand majburiy tartibda otasidan onasiga olib berildi. Ammo qizaloq onasi bilan ketishni hoxlamadi. Chunki faqatgina onaning mehri unga kamlik qilayotgan edi.
Oiladagi qilayotgan har bir ishimiz va gapirayotgan gapimiz farzandlarimiz taqdiriga qanchalik daxldor ekanligini unutmasdan, ularga baxtli bolalik taqdim etaylik. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi?
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
Sharmandaga shahar keng