Foto: «Mt.uz»
Avval xabar berganimizdek, bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zMUda oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari, olimlar, yosh tadqiqotchilar bilan uchrashdi. Uchrashuvda O‘zMU matematika fakulteti 4-kurs talabasi Sardor Bozorboyev so‘zga chiqib, o‘z tajribasidan kelib chiqib, S.Sirojiddinov nomidagi akademik litseyi o‘quvchilarini matematika fanidan xalqaro olimpidaga tayyorlayotgani, o‘quvchilari Rossiyada bo‘lib o‘tgan olimpiadalarda munosib ishtirok etgani haqida gapirib berdi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabarida aytiladi.
Prezident talabaning ishtiyoqi, tashabbuskorligi va Vatan ravnaqi yo‘lidagi fidoyiligi uchun «O‘zavtosanoat» AJ boshqaruvi raisi Shavkat Umirzoqovga Sardor Bozorboyev uchun avtomobil ajratish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.
Shavkat Mirziyoyev Xalq ta’limi vazirligiga talaba bilan hamkorlik qilish, o‘quvchilarni xalqaro olimpiadaga tayyorlashda uning tajribasidan foydalanish, mehnatlarini munosib rag‘batlantirib borishni tavsiya qildi.
Ma’lumot uchun, Sardor Bozorboyev 2015—2018 yillarda matematika fanidan respublika va xalqaro miqyosidagi o‘tkazilgan olimpiada va musobaqalar sovrindori, «Yil talabasi—2018» tanlovi g‘olibi, «O‘zbekiston belgisi» ko‘krak nishoni sohibi (2017). “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling”
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi
O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi
Binance asoschisi to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qilindi
Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas
Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi