2 652
«Farhod» bozoridan joy olib beraman deb 15 ming AQSh dollari olgan shaxs qo‘lga tushdi
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti organlari tomonidan ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan tovarlarning narx-navosini sun’iy oshirilishing oldini olish, ichki iste’mol bozorini himoya qilish, tadbirkorlarni bozorlarga erkin kirib kelishi, ularga joy ajratilishidagi korrupsiya holatlarini aniqlash borasida tegishli choralar ko‘rilmoqda.
Xususan, o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.M. tadbirkorlar K.Yu. va A.Sh.larga Uchtepa tumanidagi «Farhod dehqon bozori» AJ bozori hududidan savdo qilish uchun joy olib berish evaziga 15.000 AQSh dollarini olayotgan vaqtida Departament xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bundan tashqari, M.M. ikki nafar fuqaroning xorijda o‘qiganligi haqidagi diplomlarini nostrifikatsiya qilib berish evaziga fuqaro A.Sh.ning 1.800 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan M.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi
U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi!
Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video)
Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi
Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar
Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin
Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi
Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi