2 949
Ichki ishlar organlari qanday holatda fuqarolarning avtomobilidan majburiy tartibda foydalanadi?
Ichki ishlar organlari xodimlari qator holatlarda fuqarolar avtomobilidan majburiy tartibda foydalanishi mumkin.
“Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi qonunning 20-moddasiga ko‘ra (Tashkilotlar va fuqarolarning transport vositalaridan foydalanish) Ichki ishlar organlari tashkilotlarning yoki fuqarolarning transport vositalaridan tabiiy ofat yuz bergan joyga borish, shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj fuqarolarni tibbiy muassasalarga olib borish, jinoyat sodir etgan shaxslarni ta’qib qilish va ichki ishlar organlariga olib kelish, hodisa joyiga yoki ichki ishlar organlarining shaxsiy tarkibini jangovar trevoga bo‘yicha to‘plash joyiga borish uchun majburiy tartibda foydalanishi mumkin.
Bunda transport vositasidan foydalanilganligi faktini tasdiqlovchi hamda undan foydalangan ichki ishlar organi xodimini identifikatsiyalovchi hujjat beriladi, chet davlatlarning diplomatik, konsullik vakolatxonalariga va boshqa vakolatxonalariga, xalqaro tashkilotlarga tegishli bo‘lgan transport vositalari hamda maxsus mo‘ljallangan transport vositalari bundan mustasno.
Tashkilotlar va fuqarolarning transport vositalaridan majburiy tarzda foydalanganlik natijasida xarajatlar qilingan yoki zarar yetkazilgan taqdirda, shuningdek transport vositasining egasiga mulkiy zarar yetkazilgan taqdirda ushbu xarajatlarning yoki zararlarning o‘rnini ichki ishlar organlari tomonidan qoplash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Xodimlarning mehnat qonunchiligiga rioya etilishi nazoratga olingan
Elektromobil haydovchilar uch xil bo‘ladi
Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi
Qodirovning 16 yashar o‘g‘li Putin nomidagi Rossiya maxsus kuchlari universiteti kuratori bo‘ldi
Shi Te Yong: "Bizda hali olimpiadaga chiqish imkoniyati bor"
Telegram Ukraina «GUR»ning «razvedka boti»ni blokladi
Ilon Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi uzoq muddatli yordam bo‘yicha muzokaralarni “aqldan ozish” deb atadi