O‘qituvchi o‘quvchiga o‘rnak bo‘lishi kerak. Bola avvalo o‘qituvchisidan ulgi oladi, unga taqlid qiladi.
O‘qituvchining har bir darsi o‘quvchi uchun zanjir halqalaridek o‘zaro bog‘liq. Mabodo o‘qituvchi bir soat darsini qoldirdimi, tamom. Bilim degan poydevorga darz ketadi. O‘sha zanjir uzilib qoladi. Keyin soatlab dars o‘tadimi, qo‘shimcha saboq beradimi, foydasi yo‘q.
Singlimning nazorat daftarini ko‘zdan kechirayotib, ona tili o‘qituvchisi «hurmat» so‘zidagi «h»ni «x»ga almashtirib yozgan, «taassurot» so‘zidagi bitta «s» harfini ustidan chizib tashlagan. Singlim «opa, siz aytganingiz xato ekan, o‘qituvchim to‘g‘rilab berdi», dedi. Bu holatni, to‘g‘risi, nima deb oqlashni ham, fikr bildirishni ham bilmay qoldim.
Axir, o‘qituvchining bitta xatosi o‘quvchiga bir umr pand berishi mumkin-ku. Bugun ikki fikr orasida qolgan o‘quvchi ertaga darsga bo‘lgan qiziqishini yo‘qotmasmikan?
Birinchi sinf paytimda o‘qituvchim husnixatim juda yomon bo‘lgani uchun qo‘limga chizg‘ich bilan urgan. Hozir esa, husnixatim bilan ozmi-ko‘pmi maqtansam arziydi.
Xo‘sh, bugun-chi? O‘qituvchi hatto o‘quvchiga ovozini balandroq qilib gapira olmaydi. Bilasizmi nega? Ota-onaning o‘zlari bu huquqni ularning qo‘lidan olib qo‘yishgan.
Qadimda farzandlarini ustozga berish chog‘ida ota-onalar «eti sizniki, suyagi bizniki», deyishgan. Balki bu bejiz emasdir. Bugun har qanday tartibsiz o‘quvchi uchun faqat o‘qituvchi-tarbiyachini aybdor sanashga o‘rganib qolganmiz. Agar o‘qituvchi o‘z o‘quvchisiga jiddiyroq tarbiya bergudek (aybi uchun urishgudek) bo‘lsa, o‘quvchi ertasi kuni ota-onasini boshlab keladi.
Ba’zi o‘quvchilar o‘z o‘qituvchisi bilan xuddi oshnasiday gaplashganini ko‘rib, ha, o‘qituvchining o‘zi bunga sharoit yaratgan ekan-da, deb o‘ylab qolaman.
Tushlik payti ishxonamning yonidagi oshxonaga kirdim. U yerda o‘quvchilar ho-holab kulishar, biri qo‘yib-biri olib gapirishardi. Oshpaz ulardan nega dars payti bu yerda yurishganini so‘radi. Ular beparvogina javob berishdi: «Ey, gapirasiz-da opa, o‘qituvchilarning o‘zlari darsga kelmaydi, darsdan qochsak-qochibmiz-da...»
Hurmatga ega bo‘lish va uni saqlab qolish juda mushkul. Eng yomoni, o‘qituvchini o‘quvchilar orasida hurmati yo‘qolsa...
Go‘zal G‘AYRATOVA
Manba: Od-press.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?
Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi
Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi