
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev Bo‘ka tumanidagi «Sarkor» fermer xo‘jaligi dalasida paxta va g‘alla rivojini ko‘zdan kechirdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Toshkent viloyatida 2019-2020 yillarda qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshiriladigan loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ushbu loyihalar natijasida 14,5 mingdan ziyod ish o‘rni tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Davlatimiz rahbari fermerlar, qishloq xo‘jaligi mutasaddilari bilan muloqot qildi. Keyingi yillarda paxta tolasini yurtimizda qayta ishlash 30 foizdan 70 foizga yetkazilgani bu sohada inqilob bo‘lgani ta’kidlandi.
– Biz qishloq xo‘jaligida ilm, innovatsiyalarni qo‘llamaganimiz uchun yerni «charchatib», unumdorlikni yo‘qotib qo‘ydik. Shuning uchun qishloq xo‘jaligini tarkibiy o‘zgartirib, mahsulotlarning xarid narxini oshirdik. Manfaatdorlik bo‘lsagina, intilish, natija bo‘ladi, – dedi Prezident.
Shavkat MirziyoyevBo‘ka TumaniToshkent ViloyatiQishloq Xo‘jaligiFermerlar MuloqotiLoyihalar Taqdimoti O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar