Bosh prokuratura matbuot xizmati tizimda korrupsiya holatlariga qarshi murosasiz kurash davom etayotgani haqida ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi MIB xodimlari tomonidan fuqaro S.F.ning arizasiga asosan Shayxontohur tumanida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Abdulla Qodiriy ko‘chasida joylashgan kafe oldida MIB Shayxontohur tuman bo‘limi davlat ijrochisi F.E. ish yurituvidagi javobgarlar M.F. va boshqalardan da’vogar S.F. foydasiga ulushni pul miqdorida ajratish hamda javobgarlarga tegishli bo‘lgan avtomashinani S.F. nomiga rasmiylashtirib berish va ijro ishini tugatish uchun undan 750 ming so‘mni pora tariqasida olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Aniqlanishicha, F.E. muqaddam ham fuqaro S.F.dan yuqorida qayd etilgan fuqarolik ishi yuzasidan yuritilgan ijro ishini tugatish to‘g‘risidagi qarorni chiqarib, Mercedes-Benz 320E rusumli avtomashinani uning nomiga rasmiylashtirib berish uchun 2,4 ming dollar va 300 ming so‘m pulni pora tariqasida olgan.
Bosh prokuratura matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tuman prokuraturasi tomonidan F.E.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi «a», «v» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi