Yevropa Kengashi rahbari Donald Tusk O‘zbekiston tarixidan hayratga tushdi

Yevropa Kengashi rahbari Donald Tusk O‘zbekiston tarixidan hayratga tushdi
Foto: Instagram / @donaldtusk
Yevropa Kengashi rahbari Donald Tusk O‘zbekistonga bo‘lgan ilk tashrifidan hayratga tushdi. Bu haqda u ijtimoiy tarmoqda izoh qoldirdi, deb yozadi Sputnik.

«Markaziy Osiyo va Yevropaning yuzlab yillar davom etayotgan madaniy, savdo va insoniy aloqalari haqida o‘ylash – bu ajoyib... Samarqand esa imperiya poytaxti va yirik savdo markazi bo‘lgan. U o‘sha vaqtdagi London va Rimni qo‘shib hisoblasa ham – ulardan kattaroq bo‘lgan. Buni tasavvur qila olasizmi?» — deb yozgan Tusk.

Eslatib o‘tamiz, Yevropa Kengashi rahbari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan 31 may kuni uchrashgan edi. Bu yil O‘zbekiston va YeI diplomatik munosabatlar o‘rnatganiga 25 yil to‘ldi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar