
Foto: Jizzax viloyati hokimligi matbuot xizmati
Jizzax viloyati Zarbdor tumani «Mustaqillik» mahallasida yashovchi Abdusamat Asqarov oilasida bir yo‘la uch o‘g‘il chaqaloq dunyoga keldi, deb xabar berdi Jizzax viloyati hokimligi matbuot xizmati.
Uch egizak chaqaloqqa ota-ona yaxshi niyatlar bilan Shavkat, Mirziyo va Miromon ismlarini qo‘ydi, deyiladi xabarda.

Foto: Jizzax viloyati hokimligi matbuot xizmati
«Chaqaloqlar sog‘lom va tetik. Vazn va bo‘y me’yorda o‘smoqda. Chaqaloqlar ham, ularning onasi ham doimiy tibbiy nazoratda», deydi hamshira Qunduz Azimova. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar