date

Ingliz tilini o‘rganishning eng yaxshi usullari

Ingliz tilini o‘rganishning eng yaxshi usullari

1. “YouTube”da ingliz tilida video ko‘ring

“YouTube”da video ko‘rayotganda nafaqat tilni, balki o‘z makoningizni ham o‘zgartirishingiz mumkinligini bilasizmi? Agar o‘z mamlakatingizni ingliz tilida so‘zlashuvchi mamlakatga o‘zgartirsangiz haqiqiy ingliz tilida so‘zlashuvchilarning roliklarini topishingiz mumkin. “YouTube” ingliz tilidagi roliklar judayam ko‘p!

2. Ingliz tilidagi subtitrli ko‘rsatuv va filmlarni tomosha qiling

Bu sizning nutqingiz rivojlanishi va ingliz tilidagi so‘zlarni eslab qolishingizga yordam beradi. Uning foydasini tezda sezasiz. Asosiysi, dangasalik qilmaslik!

3. Ingliz tilida blog yuriting

Nimalarni o‘ylayotganingizni yozing va hamma bilan o‘rtoqlashing. Sizga kimlardir javob qaytarishi mumkin: ularga til o‘rganayotganingizni ayting, ehtimol ular sizning xatolaringizni to‘g‘rilashar va o‘z bilimlari bilan sizga yordam berishar.

4. Ingliz tilida qanday gapirishingizni tasvirga oling

Bu “YouTube”ga joylashtiriladigan rolik yoki telefonga yozib olingan rolik va hatto shunchaki oddiy audioyozuv bo‘lishi ham mumkin. O‘z yozuvlaringizni ingliz tilidagi yozuvlar bilan solishtiring, talaffuzingiz yaxshilanishiga erishasiz.

5. Ingliz tilidagi saytlar, elektron kitoblar, gazeta va jurnallarni o‘qing

O‘qish sizga yozma nutqni yaxshiroq tushunishingizga yordam beradi. Internet beradigan cheksiz imkoniyatlar orqali til o‘rganish qiyin emas. Siz yangiliklar yoki kasbingizga oid ma’lumotlarni o‘qishingiz mumkin, asosiysi nimani o‘qishingiz emas, ingliz tilidagi matnlarni o‘qishingizdir.

6. Munozaralardagi ishtirok

Sizni qiziqtiradigan mavzu yoki xobbingiz bormi? Bu haqda ingliz tilida gaplashishingiz mumkin. Forumlar va ijtimoiy tarmoqlarda o‘z qiziqishingizga mos fikrlovchi insonlar bilan suhbatlashing.

7. Ingliz tilida so‘zlashuvchilar bilan skayp orqali suhbat quring

Eng muhim vazifalardan biri ingliz tilida gaplashuvchilar bilan jonli muloqot qilishdir. Jonli muloqot tilni oson o‘rganishingizga yordam beradi. Bu borada “italki” servisidan foydalanishingiz mumkin.

8. O‘yinlar o‘ynang

Ingliz tilini o‘rganishga mo‘ljallangan maxsus o‘yinlarni o‘ynang. Bu usul ham til o‘rganishingizni, ham maroqli hordiq chiqarishingizni ta’minlaydi.

10. O‘z kartochkalaringizni tuzing

Inglizcha so‘zlarni kartochkalar yordamida eslab qolish ham samara beradi. Siz uchun qiyin tuyulgan so‘zlarni maxsus kartochkalarga yozib qo‘ying. Kartochkalar to‘plami orasidan birorta kartochkani sug‘urib oling va uning tarjimasini ayting. Javobingizni tekshirish uchun esa kartochkaning to‘g‘ri javob yozib qo‘yilgan orqa tomoniga qarang.

Manba: Xabardor.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Ingliz tilini o‘rganishning eng yaxshi usullari