Foto:«Prokuratura.uz»
Farg‘onada Majburiy ijro byurosi xodimi kaltaklandi. Voqelik shaharning Qo‘qon ko‘chasida sodir bo‘lgani aytilmoqda.
Byuroning Farg‘ona shahar bo‘limi davlat inspektori Sh. Qodirov shu ko‘chada istiqomat qiluvchi fuqaro A. F.ning xonadoniga kelib, foydalanilgan elektr energiyasi uchun 75 ming so‘mlik qarzdorlik hosil bo‘lgani, qonunda ko‘rsatilgan 5 kun muddat berilganligiga qaramay qarz bartaraf etilmaganini aniqlaydi. Shu bois nisbatan vakolati doirasida keyingi harakatlarni amalga oshirishga majbur ekanini iste’molchiga tushuntirishga harakat qiladi.
Biroq fuqaro A. F. unga dag‘dag‘a qilib, haqorat va po‘pisa qila boshlaydi. Davlat inspektori o‘zini himoya qilish maqsadida uyali aloqa vositasi orqali tasvirga olishga tushganda A.F.ning ukasi chiqib, akasiga «yordam»ga shoshiladi. Ular uyali aloqa telefonini olib qo‘yish maqsadida inspektorni bo‘g‘ib, bir necha marotaba tepishadi. Natijada davlat inspektoriga tan jarohati yetadi.
Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi matbuot xizmati mazkur voqelikni tasdiqladi. Va «Xabar.uz»ga ma’lum qildiki, ayni paytda Farg‘ona shahar prokuraturasi tomonidan fuqaro A.F.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib (JK, 219-modda 1-qismi), dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi