Onlayn auksion orqali ilk bor “chiroyli” mobil raqam sotildi

Onlayn auksion orqali ilk bor “chiroyli” mobil raqam sotildi
Respublika tovar-xom ashyo birjasi axborot tizimida chiroyli sonlar kombinatsiyasiga ega mobil telefon raqamini sotish boʻyicha ilk bitim tuzildi.

Oʻtkazilgan elektron savdo natijasiga koʻra onlayn auksion orqali Usell uyali aloqa operatorining (+998 93) 577-88-88 mobil raqami sotildi.
Ushbu lot joriy yil 4-iyun kuni Toshkent shahri jismoniy shaxslari uchun savdoga quyilgan edi.

Raqobat jarayonida savdo ishtirokchilari bir necha marotaba oʻz narx takliflarini berishdi. Natijada boshlangʻich bahosi 4 000 000 soʻmlik mobil raqamning sotilish qiymati 5 360 000 soʻmgacha yetdi. Oʻsish darajasi boshlangʻich narxga nisbatan 34 foizni tashkil etdi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar