date
views 3 715

Sirtqi ta’lim talabalari to‘lov-kontrakt summasini kamaytirish bo‘yicha jamoaviy murojaat yetarlicha ovoz to‘pladi

Sirtqi ta’lim talabalari to‘lov-kontrakt summasini kamaytirish bo‘yicha jamoaviy murojaat yetarlicha ovoz to‘pladi
Foto: Qonunchilik muammolari instituti
Bugun, 14 iyun kuni (14-06-2019 12:58:32 ) «Mening fikrim» veb-portalida fuqaro Qudratov Asliddin tomonidan yuborilgan «Sirtqi ta’lim shaklida tahsil oluvchi talabalarning to‘lov-kontrakt summalarini kamaytirish haqida»gi elektron jamoaviy murojaat yetarli ovoz (10 000 ta) to‘pladi. Bu haqda Qonunchilik muammolari instituti xabar berdi.

Endilikda: - mazkur murojaat portal moderatori — Qonunchilik muammolari instituti tomonidan keyingi ish kuni (17.06.2019-y.)dan kechiktirmay vakolatli davlat organi — Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.

- Murojaatni ko‘rib chiqish va u bo‘yicha qaror qabul qilish muddati murojaat vakolatli davlat organiga kelib tushgan paytdan e’tiboran oltmish kundan oshmasligi kerak.

- Vakolatli davlat organi tomonidan murojaatni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qabul qilingan qaror moderator tomonidan «Mening fikrim» veb-portaliga joylashtiriladi.

Ma’lumot uchun:
- Hozirda «Avtotransport vositalarini tyuning qilishga ruxsat berish haqida»gi elektron jamoaviy murojaat 4979 ta ovoz bilan ovoz yig‘ishga joylashtirilgan murojaatlar ichida yetakchilik qilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sirtqi ta’lim talabalari to‘lov-kontrakt summasini kamaytirish bo‘yicha jamoaviy murojaat yetarlicha ovoz to‘pladi
-->