
Skrinshot: Instagram / otabek_muhammadalievich
O‘zbekiston Prezidentining kuyovi, Shahnoza Mirziyoyevaning turmush o‘rtog‘i Otabek Umarov o‘zining Instagram’dagi sahifasida kenja qizi Rania bilan tushgan videosini e’lon qildi.
Qisqa rolikda Otabek Umarov musiqa sadolari ostida qizalog‘ini bag‘riga bosib, u bilan raqsga tushmoqda.
«Mening malikam Rania», — deya izoh qoldirgan u video ostida.
Otabek Umarov O‘zbekiston triathlon federatsiyasi raisi bo‘lib, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning kenja kuyovidir.
U ijtimoiy tarmoqlarda faol bo‘lib, avvalroq Instagram’ga qo‘ygan oilaviy surati, shuningdek, Dubayda tushgan suratlari mashhur bo‘lib ketgan edi.
Otabek UmarovRania QizaloqiShavkat MirziyoyevInstagram PostVideo E’lon QildiTriathlon Federatsiyasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar