00:20 / 18.06.2019
2 716

Endi Toshkentning Chilonzor tumanida dronlar orqali kuzatuv olib boriladi

Endi Toshkentning Chilonzor tumanida dronlar orqali kuzatuv olib boriladi
Foto: Sputnik
Hukumat qarori bilan Toshkent shahrining Chilonzor tumanida huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilindi, deb xabar bermoqda Norma.

Tumanda jamoat xavfsizligini ta’minlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi ishlarni yangicha yondashuv asosida quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etiladi:

– huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtirishning ta’sirchan tizimini yaratish va sohada idoralararo hamkorlik samaradorligini oshirish;

– huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatiga innovatsion va zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish;

–huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi organlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, xodimlar faoliyatining samaradorligini oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;

– ichki ishlar organlari xodimlarining bilim va ko‘nikmalarni, shuningdek, shaxsiy va ishchanlik fazilatlarini yuksaltirish, ularning o‘z ustida ishlashi, malakasini oshirishi va kasbiy rivojlanishini rag‘batlantirish;

– fuqarolarning ijtimoiy faolligini oshirish va jamoatchilik nazoratining samarali shakllaridan foydalanish;

– fuqarolarda qonunga va huquqqa bo‘lgan hurmat hissini kuchaytirish hamda ularning huquqiy savodxonligini oshirish orqali huquqbuzarliklar profilaktikasining samaradorligini ta’minlash.

Ushbu maqsadlar uchun tegishli Chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi: profilaktika inspektorlari faoliyati bo‘yicha ijtimoiy so‘rov o‘tkazish, «Xavfsiz hudud» elektron ilovasini ishlab chiqish, messenjer kanallar yaratish, «SOS» tugmachalari orqali tashvishli video xabar berish tizimlarini o‘rnatish, video kuzatuv kameralarini, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni xarid qilish. Shuningdek, Bosh prokuraturaga «Xavfsiz bozor» tajriba loyihasi doirasida videoregistratorli uchuvchisiz uchadigan apparatlarni xarid qilish, olib kirish va ulardan foydalanishga ruxsat berildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Endi Toshkentning Chilonzor tumanida dronlar orqali kuzatuv olib boriladi