Mamlakatimizning xorijiy davlatlar bilan aloqalari rivojida Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan hamkorlik munosabatlari alohida o‘rin tutadi. Davlatimiz rahbarining AQShga tashrifidan so‘ng ikki mamlakat o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar tarixida yangi sahifa ochildi. Bu jarayonda savdo-iqtisodiy aloqalar ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.
18 iyun kuni AQShning sertifikatlangan ilk savdo missiyasi mamlakatimizga tashrif buyurdi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil oktyabr oyida AQSh savdo vaziri Uilbur Ross bilan uchrashuvida erishilgan kelishuvlar ijrosi doirasida amalga oshirilgan bu tadbir iqtisodiy hamkorlikni yanada faollashtirish yo‘lidagi intilishlarning mantiqiy davomidir.
AQSh delegatsiyasining tashrifi doirasida O‘zbekiston – AQSh biznes-forumi tashkil etildi. Unda mamlakatimizning tegishli vazirlik va idoralari, savdo, moliya, qishloq xo‘jaligi, mashinasozlik, ta’lim, sog‘liqni saqlash kabi sohalarda faoliyat yurituvchi kompaniyalar rahbarlari, biznes doiralar vakillari, shuningdek, AQShning 13 ta yirik kompaniyasi mas’ullari ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov, Savdo-sanoat palatasi raisi A.Ikromov va boshqalar o‘zaro hamkorlik ko‘p qirrali ahamiyat kasb etishini, mamlakatimizda ishbilarmonlar uchun yaratilayotgan qulay biznes muhiti boshqa xorijiy kompaniyalar qatori amerikalik investorlarda ham katta qiziqish uyg‘otayotganini ta’kidladi.
Mehmonlar O‘zbekistonda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni yuqori baholadi.
Tadbirda mamlakatimizning investitsiyaviy salohiyati, ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari, o‘zaro savdoni qo‘llab-quvvatlash, yangi loyihalarni moliyalashtirish kabi masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, O‘zbekiston va AQShning savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamkorligini mustahkamlashga qaratilgan istiqbolli loyihalar yuzasidan fikr almashildi.
Forum transport, qishloq xo‘jaligi, ijtimoiy xizmat ko‘rsatish, ta’lim, energetika kabi qator sohalar bo‘yicha tashkil etiladigan uchrashuvlar va muloqotlar tarzida davom etadi.
G‘ayrat XONNAZAROV
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi