16:09 / 22.06.2019
3 718

“Ishonch telefoni”ga ishonsa bo‘ladimi?

“Ishonch telefoni”ga ishonsa bo‘ladimi?
“Ishonch telefoni” fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda muhim vositadir. Shu bois bugungi kunda ko‘plab tashkilot va idoralarda mazkur tizim yo‘lga qo‘yilgani mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, jamoatchilik bilan aloqalarni mustahkamlashda qo‘l kelmoqda.

Xususan, joriy yilning o‘tgan davrida Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi va tuman inspeksiyalari “Ishonch telefoni”ga jismoniy va yuridik shaxslardan jami 262 ta murojaat kelib tushgan. Tahlillarga ko‘ra, 115 ta murojaat nazorat kassa mashinasi chekini bermaslik, 33 tasi savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida to‘lov terminallari ishlamayotganligi yoki shu bilan bog‘liq muammolar, 8 tasi tegishli hujjatsiz mahsulotlar sotish, xizmatlar ko‘rsatish va 106 tasi boshqa qonun buzilish holatlari bilan bog‘liq masalalarga daxldor.

Misol uchun, Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi “Ishonch telefoni”ga kelib tushgan murojaatda Shayxontohur tumani, Sheroziy ko‘chasida joylashgan umumiy ovqatlanish shoxobchasida xarid cheki berilmagani bayon qilingan. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbiri davomida oshxona kassiri mijozga 18 ming so‘mga xarid cheki bermaganligi hamda kunlik savdodan tushgan 8 million 750,5 ming so‘m naqd pulni nazorat-kassa mashinasi xotirasiga kiritmagani aniqlandi.

Nazorat tadbirida korxona rahbarlari bilan profilaktik suhbat o‘tkazilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 15 fevraldagi “Pul muomalasini yanada takomillashtirish va bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda hisob-kitoblarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda soliqqa oid qonunchilik talablari tushuntirildi.

Eslatib o‘tamiz, agarda qonuniy huquq va manfaatlaringiz buzilsa, Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasining 71-244-54-86 raqamli “Ishonch telefoni”ga qo‘ng‘iroq qiling. Zero, sizning har bir murojaatingiz alohida e’tiborga olinib, ko‘rib chiqiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Ishonch telefoni”ga ishonsa bo‘ladimi?