O‘zbekistonda bo‘lib turgan Afg‘oniston Bosh prokurori Muhammad Farid Hamidi boshchiligidagi delegatsiya a’zolari 2019 yilning 18 iyun kuni Xiva shahrining diqqatga sazavor joylarini tomosha qilish uchun Xorazm viloyatiga tashrif buyurdi. Bu haqda viloyat IIBga tayanib «Daryo» xabar berdi.
Qadimiy Xiva shahridagi «Ichan qal’a» majmuasini tomosha qilish asnosida Afg‘oniston Bosh prokurori Muhammad Farid Hamidi barcha muzeylar xorijiy sayyohlar bilan to‘la ekanligini va ularning xavfsizligi to‘liq ta’minlanganligini alohida e’tirof etib, shu yerda xizmat olib borayotgan Xorazm viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari bilan suhbatlashishga chog‘landi.
Foto: Xorazm iloyati IIB xodimi podpolkovnik Z.Ismoilov
Xorazm viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimining ingliz tilida ravon va samimiy so‘zlashishi Afg‘oniston Bosh prokurori Muhammad Farid Hamidining Ichki ishlar organlarining mazkur xizmati faoliyatiga qiziqishini yanada orttirdi. IIB xodimi suhbat yakunida qo‘shni davlat Bosh prokuroriga sayyohlar uchun mo‘ljallangan Xorazm viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasining tashrif qog‘ozi va Xiva shahrining xaritasini esdalik uchun topshirdi.
Foto: Xorazm iloyati IIB xodimi podpolkovnik Z.Ismoilov
Shundan keyin delegatsiya a’zolariga Xorazm viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi tasarrufidagi avtomototexnikalar tanishtirildi.
Foto: Xorazm iloyati IIB xodimi podpolkovnik Z.Ismoilov “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi