
Senatning 20-yalpi majlisida nutq so‘zlagan Shavkat Mirziyoyev davlat amaldorlarining xorijiy mamlakatlarga safarlari to‘g‘risida gapirdi.
«Avvallari ko‘plab amaldorlar xorijga chiqa olmasdi, hozir esa taqiq yo‘q. Ko‘plab davlatlar O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishni istashadi. Munosabatlarni yaxshilash kerak. Lekin amaldorlar xorijga turistdek borib qaytmasin.
Davlat idoralari vakillarining barchasi xorij safarlariga davlat byudjeti hisobidan boradi va bu behudaga bo‘lmasligi kerak», deya prezident so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Prezident hokimlar, vazirlar va boshqa mas’ul shaxslarning xorijiy mamlakatlarga safari davlatga foyda uchun xizmat qilishi kerakligini ta’kidlab o‘tdi.
«Kim menga kelib, falon davlatga borib, falon narsani o‘rganib qaytmoqchiman, desa men hech qachon yo‘q demayman. Buning uchun davlat byudjetidan pul ajratamiz. Buni borishsin, ko‘rishsin, qayerda qaysi tizim qanday ishlayotganini, nimalarni o‘rganishimiz mumkinligini bilishsin, tashabbus ko‘rsatishsin, deb qilamiz. Faqat bundan foyda olib qaytish kerak, behudaga vaqt sarflash kerak emas», – deydi davlat rahbari.
«Senatorlar ham qaysi davlat tajribasini o‘rganishimiz kerakligi, qaysi mamlakatning yo‘li biz uchun maqbulligi haqida takliflar bersin. Men sizlardan buni kutyapman», – deya qo‘shimcha qilgan Mirziyoyev.
Amaldorlar SafarlariXorijiy MamlakatlarDavlat ByudjetiMunosabatlarni YaxshilashTajriba O‘rganishFoyda Uchun Xizmat O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar