16:47 / 25.06.2019
3 506

Chirchiqda yonib ketgan «Kobalt» avtomashinasi uchun avtosalon katta miqdorda kompensatsiya to‘ladi

Chirchiqda yonib ketgan «Kobalt» avtomashinasi uchun avtosalon katta miqdorda kompensatsiya to‘ladi
Foto: Istemolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi
O‘zbekiston istemolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi, Chirchiq shahri mutasaddilariga ariza kelib tushdi. Unga ko‘ra, fuqaro Ismoilova M. 2017 yil 9 noyabrda Qibray tumanida joylashgan «Qibray avto-moto servis» MChJga «Kobalt» avtomobili uchun 83 865 970 so‘mga to‘lov qiladi va 2017 yil 26 dekabrda avtomobilni shartnomaga muvofiq qabul qilib oladi.

Ismoilova M.ning turmush o‘rtog‘i I.Qurbanbayev boshqaruvda bo‘lgan mashina bor yo‘g‘i 2199 km yurgan. I.Qurbanbayev Rossiya federatsiyasiga ishga ketgandan so‘ng avtomashina boshqa harakatda bo‘lmagan. Mashina vaqti vaqti bilan o‘n o‘n besh daqiqa qizdirib turilgan xolos. Ismoilova M. 2018 yil 22 sentyabr kuni avto mashinani yonayotganini ko‘rgan va yong‘in xavfsizlik xizmatiga qo‘ng‘iroq qilgan. Dastlabgi hulosalar va ekspertlar o‘rganishi natijasida avtomashinaning elektr simlarida nosozlik borligi va xizmat yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligi ma’lum bo‘ldi.

Sud qaroriga ko‘ra, iste’molchi Ismoilova M.ga «Qibray avto-moto servis» MChJ tomonida nosoz avtomashina sotilganligi uchun 97 497 380 miqdorida kompensatsiya hamda 3 899 896 so‘m davlat boji undirishiga qaror qilindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Chirchiqda yonib ketgan «Kobalt» avtomashinasi uchun avtosalon katta miqdorda kompensatsiya to‘ladi