date
views 3 228

Toshkentda uchta xonadonda yirik yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkentda uchta xonadonda yirik yong‘in sodir bo‘ldi
Foto: UZ24
25 iyun kuni soat 19:39 da Toshkent shahri Olmazor tumani Sag‘bon ko‘chasida joylashgan uchta xonadon tomi yonib ketdi, deb xabar berdi UZ24.
Yong‘inning umumiy maydoni 150 kvadrat metrni tashkil etdi.

«O‘t o‘chirish xizmati hodisa joyiga 19:45 da yetib borgan. Olib borilgan chora-tadbirlar natijasida 20:18 da yong‘in o‘chirilgan», — deyiladi xabarda.

Yong‘inni o‘chirishga 7 ta texnika birligi jalb qilingan. O‘t o‘chiruvchilar uchta uyning 310 kvadrat metr maydonini asrab qolishdi.

Yong‘in sabablari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda uchta xonadonda yirik yong‘in sodir bo‘ldi