Foto: Sputnik
2020—2025 yillarda kompleks uy-joylarni qurish bo‘yicha dastur loyihasiga ko‘ra, O‘zbekistonda 3993 ta ko‘p qavatli uy-joylarni qurish rejalashtirilgan. Bu haqda O‘zbekiston Qurilish vazirining o‘rinbosari Shuhratxo‘ja Hoshimov ma’lumotiga tayanib Sputnik xabar qiladi.
«Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Samarqand shaharlarida 16 qavatli, ko‘p kvartirali 468 ta uy, Nukus shahrida va viloyat markazlarida 12 qavatli 504 ta uy-joy qurilishi va tuman markazlarida 3021 ta to‘rt qavatli va undan yuqori uylarni qurish rejalashtirilgan», — dedi vazir o‘rinbosari.
Shuningdek, Hoshimovga ko‘ra, bugungi kunda «Toshkent-Siti» namunasida «Olmazor-Siti», «Yunusobod-biznes Siti», «Mirzo-Ulug‘bek-biznes Siti»lar, viloyatlarda ham shunday ob’ektlarni qurish, ya’ni «Nukus-Siti», «Andijon-Siti», «Buxoro-Siti», «Qarshi-Siti», «Namangan-Siti» va «Samarqand-Siti»larni barpo etish rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?