Foto: Yong‘in xavfsizligi xizmati
27 iyun kechasi Toshkent shahrida joylashgan ikkita kafe yonib ketdi. Bu haqda Yong‘in xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Birinchi yong‘in soat 20:41 da, Olmazor tumani Qoraqamish-1 ko‘chasida joylashgan «Shabboda» kafesida sodir bo‘lgan. Kafening 350 kvadrat metr ichki va tom qismi yonib ketgan. Yong‘in joyiga 8 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan.
VIDEO
Ikkinchi yong‘in esa soat 21:25 da Yashnobod tumani S.Mashxadiy ko‘chasidagi «U Arkadiya» kafesida sodir bo‘lgan.
Yong‘in joyiga 4 ta yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari yetib borib, tezkor harakatlar natijasida soat 21:55 da o‘chirilgan. Yong‘indan kafening 40 metr kvadrat maydoni va tom qurilish qismiga zarar yetkazgan.
VIDEO
Yong‘in elektr simlarni qisqa tutashuvi oqibatida sodir bo‘lgan, deb taxmin qilinmoqda. Yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Insonlarni halok bo‘lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmagan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi