4 983
Birinchi oilasidan qonuniy ajrashmay, shar’iy nikoh bilan uylanayotgan erkaklarga qat’iy chora ko‘rish taklif qilindi
Foto: Flickr
Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Gavhar Alimova Oliy Majlis Senatining yigirmanchi yalpi majlisida Prezident Sh.Mirziyoyev tomonidan taklif etilgan «Erkaklar va ayollarning teng huquqlari va imkoniyatlari kafolatlari to‘g‘risida» hamda «Ayollarni tazyiq va zo‘ravonliklardan himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunlarni tezroq qabul qilish kerakligini ta’kidladi. Bu haqda «Zarnews.uz» xabar bermoqda.
– Menga ayollardan bo‘layotgan murojaatlarning aksariyati – erkaklarning oilasidan qonuniy ajrashmay turib, xotinini haydab yuborib, boshqa ayolga shar’iy nikoh asosida uylanib olayotgani bilan bog‘liq, – deydi G.Alimova. – Bundan juda ko‘p ayollar, ularning farzandlari jabr ko‘rmoqda. Ammo erkakka hech qanday chora ko‘rilmayapti. Bunday holatlar uchun qonunlarimizda javobgarlik choralarini kuchaytirish lozim. Yangi qabul qilinadigan qonunlarda buni e’tiborga olamiz, albatta. Mayli, menga ko‘pchilik qarshi chiqar, bu kimlargadir yoqmas, lekin ana shunday holatlar haqida televideniyeda ko‘rsatuv qilmoqchimiz. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi