3 274
Shavkat Mirziyoyev «Toshkent-Sharqiy» aerodromi negizida qurilayotgan aeroportni ko‘zdan kechirdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 28 iyun kuni «Toshkent-Sharqiy» aerodromi negizida qurilayotgan aeroportni ko‘zdan kechirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bu yerda fuqarolik (ishbilarmonlik) aviatsiyasi tashkil etish bo‘yicha 2017 yil 30 iyunda Prezident qarori qabul qilingan edi. Davlatimiz rahbari o‘tgan yili bu yerga kelib, mazkur aerodromni qayta qurish bo‘yicha loyiha takliflari bilan tanishgan edi.
Bugungi kunda aeroportda qurilish ishlari jadal olib borilmoqda. 4 kilometr uzunlikdagi ikkita uchish-qo‘nish yo‘lagi, samolyotlar to‘xtab turishi uchun angar va perron, yuqori darajadagi delegatsiyalar, ishbilarmon doiralar vakillari va soatiga ming nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi terminallar bunyod etilishi rejalashtirilgan.
Prezident bu aeroport nafaqat bugun, balki kelajak uchun barpo etilayotgani, shu bois uni uzoqni o‘ylab, sifatli va xavfsiz qilib qurish zarurligini ta’kidladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi