23:46 / 30.06.2019
3 892

«Duosi ijobat bo‘lgan xalq ekansiz: Butun topganingiz to‘ydan ortmasdan sob bo‘larkan»

«Duosi ijobat bo‘lgan xalq ekansiz: Butun topganingiz to‘ydan ortmasdan sob bo‘larkan»
Sayohatlarimdan biri. Peshin namozini jamoat bilan o‘qidik. Masjid xonaqohi eshigidan ikki kishi shoshilib chiqib ketdi. Tashqariga jamoat qatori chiqdim. Mendan oldin chiqqanlar negadir bir qatorga terilib navbatga turib olishibdi. Meni musofirligimni sezib imo-ishora bilan qatorga turishimni tushuntirishdi. Avvaliga negaligini anglamadim.

Keyin qarasam birinchi bo‘lib chiqqan ikki kishi oq rangli bosh kiyimi bilan libos kiyib, oshpaz qiyofasiga kirib olishibdi. Oldilarida ikki uchta taom solingan idish. Bittasi darrov bir martalik qoshiq, sanchqi, yelim patnis beryapti, ichi katak-katak qilib uch-to‘rtga bo‘lingan, ikkinchisi katakchalar ichiga ikki hil, suyuq va quyuq taom solib, non, suv beryapti.

Sekin u joydan uzoqlashdim. Navbatda turib, tarqatilayotgan taomdan olgim kelmadi. Uzoqdan qarab turibman. Boy ham, faqir ham navbatga turyapti. Qiziqishim ortdi, “bu kimlar uchun va qanday marosim?”.

Masjidni qo‘riqlaydigan politsiya xodimidan bir amallab so‘radim:
-“Bu nima?”
Nima deb javob berdi bilasizmi?
-“Nikoh to‘yi, bir mahalladoshimiz uylanyapti...”
Aqlim qabul qila olmadi.

Agar o‘zbekona fikrlasak:
Odatda to‘yga alohida zarli qog‘ozga yozilgan taklifnoma tarqatish bilan boshlanadi, oddiysi uyat (isrof emasmi? Ehtimol “yo‘q” deydiganlar topilar. Isrof taom yeyilgan idishning yuqi qolishdan boshlanmaydimi?).

Taklifnoma tanishlarga va o‘ziga to‘qroq, xos kishilarga mamnuniyat bilan beriladi (kim boyning boyligi uchun hurmat qilsa, dinining uchdan ikkisi ketmaydimi?).

Taomlar xilma hil, idishlar qatma-qat, ichimliklar ketma-ket, honanda-yu sozandalar to‘pma-to‘p...(bu-chi? Gunoh emasmi?)

Urflarga ko‘ra quda chaqirish, kelin salom, charlar, ba’zi joylarda sep ochdi, ZAGSga kortej, to‘ydan keyin yana nimalardir...(isyon emasmi?)

Sanasam adog‘i yo‘q. Yurtimizga kelgan bir chet ellik kishi aytgan ekan, “sizlar duosi ijobat bo‘lgan xalq ekansiz”, eshitgan kishi tabassum bilan (chunki maqtayapti deb o‘ylaganda) “qayerdan bildingiz, taqsir” deganida, “topgan-tutganingiz to‘ylarga buyursin deb duo qilarkansiz, butun topganingiz to‘ydan ortmasdan sob bo‘larkan” deb javob beribdi...

Endi safardagi to‘yimizga qaytsak, u yerda na to‘yxonaga, na xonandaga, na hizmatchilar-u va na sanoqsiz taomlarga isrof qilindi. Ehson vaqtida boy-kambag‘al deb odam ham ajratilmadi. Falonchi-fistonchi ko‘rib qoyil qolsin deb riyo ham qilinmadi. Dabdaba haqida umuman gapirmasa ham bo‘ladi. Uchragan mo‘minga ehson qilindi, qo‘yildi. “Meni aytganni aytaman, aytmaganni yo‘q” ham deyilmadi...

Aytgancha, ZAGS korteji haqida aytsam. Bitta mashina, ishonasizmi? Bizdagi Tikoga o‘xshagan mashinada ham chiqib ketaveradi, amallarining hammasida samimiyat sezilib turadi...

Men ko‘rdim, havas qildim. Siz ham ko‘ring, nafaqat u yerda, balki YuRTIMDA KO‘RING, VATANDOSh!!!

Salim AYYuBIY

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Duosi ijobat bo‘lgan xalq ekansiz: Butun topganingiz to‘ydan ortmasdan sob bo‘larkan»