06:34 / 01.07.2019
4 407

«O‘zagrotexsanoatxolding» AJ ishlab chiqarish hajmini ikki barobarga oshiradi

«O‘zagrotexsanoatxolding» AJ ishlab chiqarish hajmini ikki barobarga oshiradi
O‘zbekiston fermerlari va klasterlarini zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari va traktorlari bilan ta’minlash hamda eksport miqdorini yanada oshirish maqsadida «O‘zagrotexsanoatxolding» AJ, Belarusning «MTZ» OAJ bilan imzolangan hamkorlik shartnomasi asosida 2019 yilning ikkinchi yarmida ishlab chiqarish hajmini ikki barobarga oshiradi.

Unga ko‘ra iyun va avgust oylarida TTZ-811 rusumli traktordan 1000 ta, yangi model, 4 g‘ildirakli TTZ-812 dan esa 500 ta ishlab chiqariladi. Qolaversa «Toshkent Qishloq Xo‘jaligi Texnikasi Zavodi» AJ da dunyoga mashhur John deer brendi ostidagi zamonaviy traktorlardan 200 ta ishlab chiqariladi. Hozirda shu va boshqa rusumli zamonaviy traktorlar uchun buyurtmalar qabuli boshlangan.

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tamiz, bu yil «O‘zagrotexsanoatxolding» AJ qoshida «Agro texnika lizing» MChJ ham tashkil qilingan bo‘lib, yurtimiz fermerlari va klasterlari jamiyat tizim korxonalarida ishlab chiqarilgan zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari, maxsus texnikalar hamda traktorlarni imtiyozli lizing asosida xarid qilishlari mumkin. Hozirda quyidagi texnikalar yetkazib berish uchun omborxonalarda mavjudligini ma’lum qilamiz:

Nomi Soni
1.I 38 150 ta
2.U62 200 ta
3.LS100 100 ta
4.New Holland TD5100 ta
5.New Holland 6070 50 ta
6.Tirkama 200 ta
7. Boshqa osma texnikalar300 ta

Ishlab chiqarish hajmi ikki barobar oshirilishi o‘z-o‘zidan «O‘zagrotexsanoatxolding» AJning ikkinchi yarim yillik uchun o‘z oldiga qo‘yilgan eksport rejasini to‘liq amalga oshirishni maqsad qilganligi bilan ham bog‘liq. Ahamiyatlisi «O‘zagrotexsanoatxolding» AJ tizim korxonalari 2019 yilning birinchi yarmi uchun o‘z oldiga qo‘ygan eksport rejasini 109 % ga bajardi.

Eksportning asosiy qismini traktorlar, kombaynlar, zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari hamda maxsus texnikalar tashkil qiladi. Eksport salohiyatini oshirish haqida gap ketganda O‘zbekiston Respublikasining Tojikistondagi elchixonasi ko‘magida «O‘zagrotexsanoatxolding» AJ hamda «Orientbank» OAJ hamkorligida 2019 yilning fevral oyida «Orion-Uzagro» qo‘shma ishlab chiqarish korxonasi va korxona qoshida maxsus «showroom» tashkil qilinganligi va u yurtimizda ishlab chiqarilayotgan texnikalarni keng targ‘ib qilishga xizmat qilayotganligini ham alohida ta’kidlash lozim.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «O‘zagrotexsanoatxolding» AJ ishlab chiqarish hajmini ikki barobarga oshiradi