09:52 / 01.07.2019
2 483

AKT vazirligi: qishloq va shahar o‘rtasidagi tafovut qisqartiriladi

AKT vazirligi: qishloq va shahar o‘rtasidagi tafovut qisqartiriladi
Aloqa tarixi muzeyida qishloq va shahar o‘rtasidagi turmush sharoitidagi tafovutni qisqartirish maqsadida telekommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Unda AKT vazirligi mutasaddilari, operator va provayderlar, sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlari rahbarlari eng chekka hududlarda telekommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.

Bildirilishicha, aholining turmush sharoitlarini yaxshilash maqsadida amalga oshirilayotgan «Obod qishloq», «Obod mahalla» davlat dasturlari joylarda telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishni talab qilmoqda. Joriy yil 22 mayda imzolangan «O‘zbekiston Respublikasi aholi punktlarida telekommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi prezidenti qarori telekommunikatsiya tarmoqlarini jadal rivojlantirishga salbiy ta’sir etuvchi omillarni bartaraf etish, elektron davlat xizmatlarining ommabopligini ta’minlash, shuningdek, hududlarda raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi uchun zarur infratuzilmani yaratishga qaratilgan.

“Prezident qarorini amalga oshirish orqali o‘z sa’y-harakatlarimizni mamlakatimiz barcha hududlariga teng yo‘naltira olamiz va sohamiz xizmatlarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushini yanada oshirishga erishishamiz. Umid qilamizki, bu boradagi dolzarb muammolarni hal qilishda birgalikda harakat qilamiz”, – deya ta’kidladi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Q.Yo‘ldoshev.

AKT vazirligi manfaatdor idoralar bilan hamkorlikda mazkur qarorda belgilangan vazifalarni bajarish bo‘yicha ishlarni boshlab yuborgan. Jumladan, operatorlar va provayderlar uchun Internet narxlarining pasayishiga erishildi. Ya’ni, narxlar o‘tgan yilga nisbatan 3 barobar pasaytirildi. O‘tgan yili 2300 km. atrofida optik tolali aloqa liniyalari tortilgan bo‘lsa, oxirgi besh oyning o‘zida bu 6000 km.dan ortiqni tashkil etdi. So‘nggi olti oy ichida 1245 ta maktab, 734 ta maktabgacha ta’lim va 349 ta sog‘liqni saqlash muassasalari ma’lumotlar uzatish tarmoqlariga ulangan. Yil oxirigacha yana 5000 ijtimoiy ob’ektni tarmoqqa ulash rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, keng polosali ulanishning 1,4 mln.dan ortiq porti ishga tushirildi, shundan joriy yilda 300 mingdan ortig‘i o‘rnatildi va 690 ming abonent ulandi. Mobil aloqa operatorlari tomonidan ikki mingdan ortiq baza stansiyalari qurildi, deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » AKT vazirligi: qishloq va shahar o‘rtasidagi tafovut qisqartiriladi