
O‘zbekiston IIV qoidabuzarliklar aks etgan videolar uchun EKIHning 5% miqdorida pul mukofoti to‘lay boshladi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.
Bu haqida O‘zbekiston hukumati tomonidan qabul qilingan qonun 2019 yilning 1 iyulidan kuchga kirdi.
“Yangi tartib ishga tushdi, qoidabuzarliklar aks etgan videolavhalarni yig‘ish boshlandi. Ularni O‘zbekiston Respublikasida yashayotgan har bir kishi yuborishi mumkin”, - deyiladi xabarda.
Pul mukofotining qiymati eng kam ish haqining 5% miqdorida belgilangan. Bugungi kunda bu har bir qoidabuzarlik uchun 10136 so‘mni tashkil qiladi. Ushbu mukofot qoidabuzarlardan undirilayotgan jarimalar hisobidan qoplanadi. IIVga qoidabuzarliklar haqida xabar bergan kishilar haqidagi ma’lumot maxfiy saqlanadi.
O‘zbekiston IIVQoidabuzarliklar AksPul MukofotiYangi TartibVideolar YuborishMaxfiy Ma'lumotlar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar