date

Sirg‘alida ayollarni Dubayga yuborish bilan shug‘ullangan ona-bolalar qo‘lga olindi

Sirg‘alida ayollarni Dubayga yuborish bilan shug‘ullangan ona-bolalar qo‘lga olindi

Toshkent shahrining Sirg‘ali tumanida ayollarni Dubayga yuborish bilan shug‘ullangan ona-bolalar qo‘lga olindi. Bu haqda “Ogoh” nashriga tayanib Kun.uz sayti xabar bermoqda.

Aytilishicha, guruh rahbari Soliha Rahimjonova 1957 yili Namanganda tug‘ilgan, bir necha yillar muqaddam Toshkent shahriga ko‘chib kelib, Mirobod tumanida yashay boshlagan. Uning Gulbahor, Gulmahpar, Gulsadbarg ismli qizlari bo‘lgan.

Rahimjonova qizlarini Dubayga ishlashga yuborgan. U erda yaxshi o‘rnashib olgan qizlar Toshkentga singillari Gulsadbargni qaytarib yuborishgan. Bu erda u onasi bilan pulga muhtoj qizlarni topib, BAAga yo‘llashi lozim edi.

Besh yilcha muqaddam ona va bola bir guruh qizlarni aldab, ularni Dubayga yo‘llashga muvaffaq bo‘lishgan. Bu guruh ichida 1987 yili tug‘ilgan Dilfuza Qayumova ham bo‘lgan. Doimiy ish topish va’dalariga ishonib BAAga borgan qizlar u erda yopiq eshiklar ortida saqlanib, fohishalik bilan shug‘ullanishga majburlangan.

Besh yil davom etgan qiynoqlardan so‘ng Dilfuza Qayumova qarindoshlari bilan telefon orqali bog‘lanishning uddasidan chiqqan. Nimalar bo‘lganini tushungan qarindoshlar tegishli tashkilotlarga Rahimjonovalar oilasi ustidan arz qilgan. Natijada qizlar O‘zbekistonga qaytarilgan, jinoiy guruh esa javobgarlikka tortilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Sirg‘alida ayollarni Dubayga yuborish bilan shug‘ullangan ona-bolalar qo‘lga olindi