Internetda Samarqand shahrida sodir bo‘lgan noodatiy voqea tasvirlangan video e’lon qilindi. Unda yuziga himoya niqobi taqib olgan shaxs tramvayga chiqqani va bir necha soniyadan so‘ng qaytib chiqqani, uning ortidan tramvaydagi odamlar ham tashqariga otilgani ko‘ringan.
Repost.uz'ning yozishicha, noma’lum shaxs yo‘lovchilarning yuziga noma’lum suyuqlik sepgan va buning natijasida bir necha yo‘lovchi hushidan ketgan. Ushbu hodisa Temiryo‘l vokzali-Sartepa yo‘nalishidagi 1-tramvay Choy qadoqlash fabrikasi bekatida to‘xtab turgan vaqtida sodir bo‘lgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda bu voqea keng muhokama qilinmoqda. Feysbukda yozilishicha, bu voqea kecha, 4 iyul kuni soat 19:40 lar atrofida sodir bo‘lgan.
«Bizga elektroshokerlar, gaz ballonlari va shu kabi qo‘rqinchli narsalarni sotishning keragi yo‘q», deya yozgan tramvayda bo‘lgan yo‘lovchilardan biri. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Ozish uchun qancha yugurish kerak?
Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi
Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli”
Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi