date

Toshkentda telefonidan nojo‘ya video topilgan o‘gay singlisini bo‘g‘ib o‘ldirgan yigitga hukm o‘qildi (video)

Toshkentda telefonidan nojo‘ya video topilgan o‘gay singlisini bo‘g‘ib o‘ldirgan yigitga hukm o‘qildi (video)
Foto: «Repost»
Toshkent shahar sudida joriy yil fevralida Yunusobod tumanida o‘z uyi ostonasida bo‘g‘ib o‘ldirilgan 16 yashar qizning qotiliga hukm o‘qildi.

Sud Toshkentdagi 246-maktabning 9-sinf o‘quvchisi o‘ldirilishida uning o‘gay akasini aybdor deb topdi. U o‘z qilmishini singlisining nojo‘ya hatti-harakatlari bilan izohlagan.

Uning telefonidan axloqsiz ko‘rinishlar tasvirlangan videoni topib olgach, bunga izoh so‘raganida kurakda turmaydigan haqoratlarni eshitgan. Shundan so‘ng qizni soch quritadigan fen simi bilan bo‘g‘ib o‘ldirgan.

Sud ayblanuvchiga yengillik berish haqidagi iltimosnomalar va tavsifnomalarni ko‘rib chiqdi. Unga 10 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda telefonidan nojo‘ya video topilgan o‘gay singlisini bo‘g‘ib o‘ldirgan yigitga hukm o‘qildi (video)