date

Shvesiyada o‘zbekistonlik yigit bir qizni zo‘ravonlikdan qutqarib qoldi

Shvesiyada o‘zbekistonlik yigit bir qizni zo‘ravonlikdan qutqarib qoldi

23 yoshli o‘zbekistonlik A’zamjon Shokirov Shvesiya matbuotining qahramoniga aylandi. U muhojirlar guruhi tomonidan Yangi yil kunlari ayollarga uyushtirilgan hujumlar paytida bir qizni zo‘ravonlar qo‘lidan qutqarib oldi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.

Aytilishicha, A’zamjon haqidagi materiallar mahalliy Aftonbladet va Expressen nashrlarida bosilib chiqqan, shuningdek, SVT teleuzatish tashkiloti unga bag‘ishlab maxsus syujet ishlagan.

A’zamjon Shvesiyaning Kalmar shahrida istiqomat qilib kelgan. Uning kasbi avtomexanik bo‘lgan. Bayram kechasini u do‘stlari bilan Kalmarning markazidagi pabda o‘tkazgan. Kecha tugaganidan so‘ng u ichmagani bois shirakayf do‘stlarini uy-uylariga eltib qo‘ygan.

Uyiga qaytish chog‘ida kafelardan birining yonida 7-8 kishidan iborat guruh bir qizni o‘rab olib, tegajog‘lik qilayotganiga guvoh bo‘lgan. A’zamjon voqeaga aralashib, qizni mashinaga o‘tqizgan va uni olib ketgan. Bir soat davomida mashinasida shahar aylanib, qizning kayfi tarqalishini kutgan, so‘ng qiz unga uyini ko‘rsatib yuborgan. Qizning onasi yigitga minnatdorchilik bildirgan.

Shvesiyaga A’zamjon besh yil muqaddam oilasi bilan ko‘chib kelgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Shvesiyada o‘zbekistonlik yigit bir qizni zo‘ravonlikdan qutqarib qoldi