2019 yil 9 iyul kuni soat 21:40 atrofida «Qo‘yliq» dehqon bozori yonidagi ko‘prik ustidan o‘zini tashlab, joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan ayol qutqarib qolindi.
Voqeani ko‘rib befarq bo‘lmagan aholining sa’y-harakatlari natijasida IIB xodimi va Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi o‘z vaqtida yetib kelgan. Qaltis vaziyatda Milliy gvardiya harbiy xizmatchisining tezkor va ishonchli harakati ayol hayotini saqlab qoldi.
Shundan so‘ng fuqaro hudud IIB bo‘linmasiga olib borilgan va u bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgan.
Suhbat natijasida fuqaro 1992 yil 15 iyunda Toshkent viloyati Nurafshon shahrida tug‘ilgan A.B. ekanligi, turmush o‘rtog‘i B.E. bilan oilaviy janjallar sababli o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi. Hozirda fuqaro A.B. ga tibbiy va ruhiy yordam berish maqsadida mutaxassislar jalb qilingan, deyiladi Milliy gvardiya matbuot xizmati xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi