AQShning O‘zbekistondagi elchisi Daniel Rozenblyum Toshkentda jurnalistlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tadbirda elchiga O‘zbekistondagi matbuot sohasi haqida savol berildi.
«Ommaviy axborot vositalari sohasidagi vaziyat ancha katta mavzu. Biz ommaviy axborot vositalari erkinligi, jurnalistika sohasiga chuqur ishonamiz. Jurnalistika sohasi juda muhim bo‘lib, uni himoya qilish talab etiladi. Jurnalistlarga o‘z ishini qilishiga imkon berish kerak, sababi Qo‘shma Shtatlar jurnalistlarni qo‘llab-quvvatlash tarafdori.
Biz ommaviy axborot vositalari sohasidagi vaziyatni juda jiddiy kuzatib bormoqdamiz. So‘nggi bir necha yil ichida ushbu sohada ijobiy o‘zgarishlar yuz bergani, nisbatan erkin matbuot uchun ochiqlik jarayoni kuzatilganini ta’kidladik. Biz ushbu jarayonni kuzatishda davom etamiz. OAV xodimlari, hukumat vakillari bilan bu masala bo‘yicha hamkorlik qilyapmiz. Kuni kecha Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bosh direktori vazifasini bajaruvchi Komil Allamjonov bilan uchrashdim. Uchrashuvda OAV faoliyati yuzasidan fikr almashdik», - dedi elchi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi