Foto: Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmati
Bugun, 11 iyul kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan “Oiladagi zo‘ravonlik masalalari, turli vaziyatlar tahlili va bu borada olib borilayotgan chora-tadbirlar” mavzusida brifing tashkil etildi. Unda Xotin-qizlar qo‘mitasining ayollar huquqlarini himoya qilishda amalga oshirayotgan harakatlari to‘g‘risida hisoboti tinglandi.
Foto: Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmati
Qo‘mita raisi Elmira Bositxonova har bir mahallada xotin-qizlar qo‘mitasining boshlang‘ich tashkilotini tuzilishi to‘g‘risida gapirdi. Mahallada jami 30 nafar “Anzirat buvi”lardan iborat 5 ta guruh o‘z faoliyatini olib boradi. Tarkib quyidagilardan iborat bo‘ladi:
· MFY mutaxassisi (oilaga kirish guruhi). 6 kishi.
· Oilaviy shifokor (salomatlik maktabi guruhi). 6 kishi.
· Mahalladagi o‘qituvchi (ta’lim-tarbiya guruhi). 6 kishi.
· Mahalladagi tadbirkor (bandlikni ta’minlash va tadbirkorlik guruhi). 6 kishi.
· Profilaktika inspektori (jinoyatchilik profilaktikasi guruhi). 6 kishi.
30 nafar ayol aynan o‘zi istiqomat qilayotgan mahalladan tanlab olinadi. Chunki ular o‘zlari yashayotgan hudud aholisi haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishadi va ularda mavjud vaziyatga to‘g‘ri baho berish, muammoni ildizini aniqlab, o‘z vaqtida bartaraf etish imkoniyati ko‘proq bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi
AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik...
Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi
Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi