O‘zbekistonning hozirda tasdiqlangan uglevodorodlar zaxiralari 20-30 yilga yetadi. Bu haqda «O‘zbekneftgaz» boshqaruvi raisi Bahodir Sidiqov xabar berdi.
“Geologiya-qidiruv ishlari bo‘yicha juda katta, istiqbolli yo‘nalishlar mavjud. Biroq, hozirda tasdiqlangan zaxira 20-30 yilga yetadi», - dedi Sidiqov jurnalistlarga.
Uning ta’kidlashicha, kompaniya har yili zaxiralar hajmi o‘sishi qazib olishga qaraganda ko‘proq bo‘lishi ustida ish olib bormoqda.
«Bu bizga 20-30 yil davomida oldinga harakat qilish imkonini beradi. Har bir davrda yaqin 20 yil uchun gaz bilan ta’minlash bo‘yicha rejamiz bo‘ladi», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi u.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, tabiiy gazning tasdiqlangan zaxiralari 2008-2018 yillarda 4 foizga qisqargan, tabiiy gaz zaxiralari o‘rnini bosishning o‘rtacha ko‘rsatkichi o‘tgan 5 yilda taxminan 70 foizni tashkil etdi.
Moliya mablag‘larining yetarli emasligi va moddiy-texnik resurslar taqchilligi natijasida 2017-2018 yillarda tabiiy gaz qazib olishning o‘sishi prognoz ko‘rsatkichlaridan bor-yo‘g‘i 42 foizga ta’minlangan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin