Foto: «Istemol.uz»
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Toshkent shahar hududiy birlashmasiga fuqaro Akramov Davron murojaat qildi.
Arizaga yangi sotib olingan uy sabab bo‘lgan. Akramov 2016 yil 8 iyunida xususiy tadbirkor Zokirov Ravshandan Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan uyni 1 032 000 000 so‘mga sotib oladi.
Ammo oradan ko‘p o‘tmay, sifatsiz uyning kamchiliklari yuzaga chiqa boshlaydi. Shu bilan birga, isitish tizimida ham muammolar paydo bo‘ladi.
Davron Akramov uyni qurib, unga sotgan R. Zokirov bilan bog‘lanishga harakat qiladi, ammo qo‘ng‘iroqlari javobsiz qoladi. Shundan so‘ng, ancha sarson bo‘lgan Akramov O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Federatsiyasiga murojaat qiladi.
Federatsiya mutaxassislari vaziyatni o‘rganib chiqdi va iste’molchi haq ekanligi, uyda ma’lum muammolar mavjudligi isbotini topdi.
Natijada, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi aralashuvi bilan iste’molchiga uy uchun to‘lagan puli — 1 032 000 000 so‘m to‘liq qaytarib olib berildi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi
Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi
U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi
Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi
“Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya)