5 799
Jizzaxda xotini yo‘qolib qolganini aytib ariza qilgan erkak uni o‘ldirib, ko‘mib tashlagani aniqlandi
Jizzax shahri, Navro‘z mahallasida istiqomat qiluvchi,1966 yilda tug‘ilgan fuqaro joriy yil 20 may kuni ichki ishlar organiga ariza bilan murojaat qilgandi.
Jizzax viloyati IIB axborot multimedia guruhining bildirishicha, T.Sh o‘z arizasida shu yil 1 may kuni Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shota Rustavelli ko‘chasidagi uylardan birida doimiy ro‘yxatda turgan, 1965 yil tug‘ilgan turmush o‘rtog‘i S.M uyidan poytaxtga boraman deb chiqib ketib, qaytib kelmaganini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi jinoyat qidiruv boshqarmasining olib borgan tezkor qidiruv- surishtiruv ishlari davomida jinoyat alomatlari topildi. Jizzax shahri, Navro‘z mahallasida yashovchi, 1974 yilda tug‘ilgan T.B. o‘z ko‘rsatmasida akasi T.Sh. turmush o‘rtog‘i S.M.ni o‘ldirganligi, ayolning jasadi Amir Temur mahallasi hududidagi yer maydoniga ko‘milganligini ma’lum qildi.
Aytilgan joy xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda ayol jinsiga mansub jasad topildi. Tekshiruvlarga ko‘ra, marhumaning o‘limiga «To‘mtoq jism bilan yetkazilgan bosh miya yopiq jarohati» sabab bo‘lgan.
Mazkur holat bo‘yicha jinoiy ish ochilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi
Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi
"Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi
Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi
Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi
Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi