3 900
TIV Qozog‘iston chegarasida o‘zbekistonliklar ishtirokida yuz bergan mojaroga izoh berdi
Rossiya-Qozog‘iston chegarasida O‘zbekiston fuqarolari ishtirokida mojaro kelib chiqqan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda.
Voqea joriy yilning 11 iyul kuni ro‘y bergan. Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu mojaro aks etgan videolar ham tarqalgan. O‘zbekiston Respublikasining Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi organlar ma’lumotiga tayanib bo‘lib o‘tgan voqeada o‘zbekistonliklarning ishtiroki bo‘lganini tasdiqlagan.
G‘arbiy-Qozog‘iston viloyati Ichki ishlar departamenti ma’lumotiga ko‘ra, mazkur mahalliy nizo oqibatida hech kim jabrlanmagan hamda Qozog‘iston huquqni muhofaza qiluvchi organlariga hech qanday ariza kelib tushmagan.
Konsullik-huquqiy departamenti Qozog‘istonda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda O‘zbekistonning Nur-Sulton shahridagi Elchixonasiga (Nur-Sulton shahri, Aqmo‘la, Shimoliy Qozog‘iston, Pavlodar, Qostanay va Qarag‘anda viloyatlari, tel.: +7-717-295-42-52) Aktau shahridagi Bosh konsulxonaga (Aqto‘be, Atirau, G‘arbiy Qozog‘iston va Mangistau viloyatlari, tel.: +7-729-277-71-17) Olmaota shahridagi Bosh konsulxonaga (Olmaota shahri, Chimkent shahri, Olmaota viloyati, Sharqiy Qozog‘iston, Turkiston, Jambil va Qizilo‘rda viloyatlari, tel.: +7-727-291-11-78) murojaat qilishlari mumkinligini eslatadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir»
Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!"