Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanida yashovchi ayol erining jazmaniga 7 marta pichoq urib, jarohat yetkazdi. Bu haqda «Daryo» nashri xabar bermoqda.
Qo‘shrabot tumani Qo‘ralos mahallasida yashovchi F.T.ning yashash uyiga unga oldindan tanish bo‘lgan Qo‘shrabot tumani «Do‘stlik» mahallasi «Boqichag‘atoy» qishlog‘ida yashovchi 1970 yilda tug‘ilgan A.A. kelgan. F.T. va A.A. birgalikda pivo iste’mol qilgan.
9 iyul kuni ertalab soat taxminan 07:00 atrofida D.S. turmush o‘rtog‘i A.A.ni izlab F.T.ning yashash uyiga kelgan. D.S. turmush o‘rtog‘ini F.T. bilan birga bo‘lgan holatini ko‘rgach o‘zaro janjal yuzaga kelgan. Oqibatda D.S. yashash uyidan o‘zi bilan birga olib kelgan oshxona pichog‘i bilan F.T.ga yetti marotaba zarba bilan urib, unga tan jarohati yetkazib hodisa joyidan ketib qolgan.
Qo‘shrabot tuman shifokorlarining yordami bilan jabrlanuvchi F.T. zudlik bilan operatsiya qilinib, uning joni saqlab qolingan.
Mazkur holat yuzasidan hozirda tuman prokuraturasi tomonidan qo‘shimcha tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Global Janub kimniki?
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi