O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining dasturi va Saylovoldi dasturi muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi, deb yozmoqda O‘zA.
Yig‘ilishda O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining siyosiy kengashi raisi Narimon Umarov barchani amaliy takliflar bilan faol ishtirok etishga chaqirgan.
Faollar tomonidan sud tizimini yanada takomillashtirish taklifi bildirildi. Unga ko‘ra, tumanlararo sudlarni fuqarolik, jinoiy, iqtisodiy va ma’muriy ishlar bo‘yicha yagona odil sudlov organiga birlashtirib, Oliy sud bilan bir xil tizimdagi umumyurisdiksiya sudlarini yaratish lozim.
Shuningdek, mamlakatda barcha tergov idoralarini birlashtirib, yagona – O‘zbekiston Respublikasi Tergov qo‘mitasini tashkil etish taklif qilindi.
Bundan tashqari, sud tizimida inson omilini iloji boricha kamaytirish, uning ochiq va shaffofligini ta’minlamasdan turib sudlarni adolat qo‘rg‘oni sifatida shakllantirib bo‘lmasligi qayd etildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda bir qancha huquqni muhofaza qilish idoralari tergov bilan shug‘ullanadi.
Xususan, tergovga qadar tekshiruvning o‘zi quyidagilar tomonidan o‘tkaziladi:
- ichki ishlar organlari;
- Milliy gvardiya organlari;
- Davlat xavfsizlik xizmati organlari;
- yong‘in xavfsizligi organlari;
- chegarani qo‘riqlash organlari;
- davlat bojxona xizmati organlari;
- Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlar bilan kurash departamenti va uning joylardagi bo‘linmalari;
- Majburiy ijro byurosi va boshqalar.
MDH mamlakatlarida Tergov qo‘mitasi o‘z faoliyatini Rossiya Federatsiyasida amalga oshiradi.
Tergov qo‘mitasi quyidagi vazifalarni bajaradi:
- Rossiya TQga jinoyatlar haqida kelib tushgan xabarlar bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv o‘tkazish;
- jinoyat ishlari bo‘yicha dastlabki tergovni qonunga muvofiq amalga oshirish;
- jinoyatlarni tergov qilish bo‘yicha kriminalistik hamrohlik qilish;
- sud-ekspertlik faoliyatini amalga oshirish;
- tergov organlari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshirish;
- Rossiya Federatsiyasi qonunlarida nazarda tutilgan boshqa funksiyalar. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi
Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi
Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi
Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi"
Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi
Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"