
Foto: Sputnik
Oʻzbekistonda goʻsht importi 2019-yilning oktyabr oyigacha qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etildi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.
Qayd etilishicha, hukumat qarori (591-son, 16.07.2019-y.) bilan Oʻzbekistonda ishlab chiqariladigan realizatsiya qilish oborotlari qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etiladigan oziq-ovqat mahsulotlari roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Kiritilgan oʻzgartirishlarga muvofiq, 2019-yil 1-oktyabrgacha boʻlgan muddatda import qilingan goʻsht (mol, qoʻy, tovuq), shuningdek tirik hayvonlar (qoramol va parranda) hamda ularning soʻyilgan mahsulotlari ham qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilindi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar