Foto: Prezident Matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18 iyul kuni Sirdaryo viloyati Xovos tumaniga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bu davlat rahbarining joriy yilda tumanga ikkinchi bor kelishi. 19 fevral kungi tashrifi chog‘ida Xovos shaharchasining yangi markazini bunyod etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan edi. Shunga muvofiq, bu yerda 30 ta besh qavatli uy qurilmoqda. Ularda ikki va uch xonali 760 ta kvartira bo‘lib, shundan 600 tasi arzon uylardir.
Yangi shaharchada mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari binolari, ta’lim va madaniyat maskanlari, savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari barpo etilmoqda.
Xovosliklar yaqin-yaqingacha zax yerlarda, eski uylarda yashab kelardi. Zamonaviy infratuzilmaga ega yangi turar joylar aholining ijtimoiy sharoitlarini yaxshilab, hayot sifatini oshiradi.
Prezident qurilishda ishlatilayotgan materiallarning narxi va sifati bilan qiziqdi. Mahalliylashtirish darajasini oshirib, ularning narxini yanada tushirish choralarini ko‘rish kerakligini ta’kidladi. Urbanizatsiya nuqtai nazaridan tuman kelajagini bugundan o‘ylash, zarur joylarga kommunikatsiya tarmoqlari tortish, aholini ish bilan ta’minlash va bo‘shagan yerlardan samarali foydalanish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Shu yerda Sirdaryo viloyatida ichimlik suvi tarmoqlarini yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Keyingi yillarda 1 ming 164 kilometr suv quvurlari, 57 ta suv tarqatish stansiyasi va boshqa inshootlar qurilgani qayd etildi. Shu va galdagi ishlar natijasida 2020 yil boshida viloyat aholisining ichimlik suvi bilan ta’minlanishi 88 foizdan oshadi.
Davlat rahbari tuman markazidagi aholining turmush sharoitlarini ko‘zdan kechirdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?