O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan 8ta aksiyadorlik tijorat bankning bir qismi xususiylashtirishga tayyorlanmoqda. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi rahbari Ahadbek Haydarov ma’lum qildi.
Haydarovning aytishicha, Aloqa, O'zsanoatqurilishbank, Turon, Asaka ATB 25 foiz aksilari joriy yilning kuz oylarida erkin bozorda sotilishi kutilmoqda.
«Ayni paytda bank aksiyalari ulushini baholash ishlari davom ettirilmoqda. Xususiylashtirish ikki bosqichda o‘tkazilishi nazarda tutilgan. Dastlab, ulushning 10 foizi savdoga chiqariladi. Birja savdosiga qarab, 15 foiz aksiyalar sotuvga qo‘yiladi», — deydi u.
Agentlik direktori Asaka va Aloqa ATB aksiyalariga Yevropada Tiklanish va taraqqiyot banki qiziqish bildirayotganini bildirdi. Shuningdek, Xalqaro moliya korporatsiyasi O'zsanoatqurilishbank ulushlarini sotib olishi mumkinligi aytildi.
Xalqaro moliya korporatsiyasining Direktorlar kengashi joriy yilning 2 iyul kuni Ipoteka bank ATIBga 35 mln. AQSh dollari ekvivalentida bank aksiyalariga ayirboshlanadigan kredit liniyasi ajratilishini ma’qullagandi.
Ayni paytda davlat ulushi yuqori bo‘lgan «Mikrokreditbank», «Xalq banki» va «Milliy bank» TIF haqida aniq qarorlar mavjud emas. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi"
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?