Kechadan 2019/2020 o‘quv yili test sinovlarida ishtirok etish uchun "Abituriyent ruxsatnomasi"ni tarqatish boshlandi, deb xabar qildi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot-xizmati.
"Abituriyent ruxsatnomasi"ni tarqatish quyidagicha amalga oshiriladi:
* Abituriyentlar 20-iyuldan boshlab Internet orqali Davlat test markazi www.dtm.uz rasmiy veb-saytining "Ruxsatnomani chop etish" bo‘limidagi maxsus oynaga pasport (yoki tug‘ilganlik guvohnomasi) seriyasi va raqamini kiritadi.
Ekranda paydo bo‘lgan "Abituriyent ruxsatnomasi" va "Abituriyentga eslatma”ni chop etib oladi.
Bularni internet tarmog‘iga ulangan kompyuter bo‘lgan xoxlagan joyda: uyda, Internet klublari va boshqa joylarda amalga oshirish mumkin.
Kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar 23-26 iyul kunlari va Sirtqi va kechki ta’lim shakllari bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar 27-29 iyul kunlari yashash joyidan qat’i nazar quyidagi tashkilotlarga murojaat etishi va ruxsatnomalarini olishlari mumkin: -ixtiyoriy tuman (shahar)dagi Davlat xizmatlari markazlari; -ixtiyoriy Oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari; -ixtiyoriy Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Bandlikka ko‘maklashish markazlari.
Ushbu tashkilot xodimlari DTMning www.dtm.uz rasmiy veb-saytidan yuqorida qayd etilgan tartib bo‘yicha "Abituriyent ruxsatnomasi"ni abituriyentga chop etib beradi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi